Madridning «Real» klubi bugun Qit’alararo kubok finalida «Pachuka»ga qarshi maydonga chiqadi.
«Marca» nashri xabariga ko‘ra, bugungi o‘yinda madridliklarning yaqindagina jarohatdan qaytgan yulduz hujumchisi Kilian Mbappe asosiy tarkibda harakat qiladi.
25 yoshli fransuz Chempionlar ligasi doirasidagi «Atalanta»ga qarshi o‘yinda (3:2) jarohat olgan edi.