La Liga prezidenti Xavyer Tebas yaqinda "Birlashgan liga" deb nomi o‘zgartirilgan Superliga loyihasini tanqid qilishda davom etmoqda.
"A22 Sports xodimlari yangi g‘oya bilan qaytishdi: ular musobaqaning iqtisodiy va sport oqibatlarini tahlil qilmasdan yoki o‘rganmasdan churos (mashhur ispan yeguligi) kabi formatlarni yaratmoqda.
Ular taklif qilayotgan televizion model faqat yirik klublarga foyda keltiradi (va ular buni bilishadi...) va milliy ligalar va ularning klublarining iqtisodiy barqarorligiga tahdid soladi", dedi Tebas.