"Roma"ning sobiq bosh murabbiyi Daniele de Rossi kelajak rejalari haqida gapirdi.
41 yoshli mutaxassis sentyabr oyida Rim klubi tomonidan iste’foga chiqarilgan edi. Hozirda u ishsiz.
"Men turli mamlakatlarda, ayniqsa Angliyada murabbiylik qilishni xohlardim. Keyin "Boka Xuniors"ga qaytishni istardim, chunki bu klubga oshiqman. Balki u yerdagi odamlar bizga o‘xshab ketgani uchundir. Men "River Pleyt"ga qarshi derbida o‘ynadim - bu o‘ziga xos narsa, bu Rim derbisidan farq qiladi. Haqiqiy jang boshlang‘ich hushtagidan so‘ng darhol boshlanadi. O‘sha o‘yinda taxminan 12 ta sariq kartochka ko‘rsatilgan edi", dedi de Rossi The Overlap nashriga.