"Yuventus" bosh murabbiyi Tyago Motta Italiya kubogi doirasida "Kalyari"ga qarshi o‘yinda (4:0) jamoasining o‘yini haqida gapirdi.
"Yaxshi mehnat. Har doimgidek muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashdi. Men allaqachon aytib o‘tganimdek, ular o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etish erkinligiga ega, ammo biz ularga doimo muhtojmiz.
Futbolchilar mashg‘ulotlarda bor kuchlarini berib, qiyin vaziyatdan yaxshi chiqishmoqda. Ba’zida natijalarga erishamiz, ba’zida esa yo‘q. Lekin bizda ajoyib jamoa bor, o‘z oldimizga yuqori maqsadlar qo‘yishimiz kerak", - dedi Motta Canale 5 nashriga.