«Manchester Yunayted» Markus Reshford bilan xayrlashmoqchi. Hujumchining o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi. Mankunianliklar e’tiborini «Atletik» hujumchisi Niko Uilyamsga qaratdi, deb yozadi «TeamTalk».
Uilyams joriy mavsumda barcha musobaqalarda 22 ta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchi ikkita gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» yanvar oyida Reshford uchun 40 million funt olmoqchi. Hujumchiga «Barselona», «PSJ» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda.