"Manchester Siti" darvozaboni Ederson Angliyada o‘zi duch kelgan eng qiyin hujumchi nomini aytdi.
Braziliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, bu uzoq yillar "Tottenxem"da o‘ynagan Xarri Keyn. "Men Premyer-ligada ko‘plab hujumchilarga duch kelganman.
Lekin menimcha, eng qiyin raqib Xarri Keyn edi. U jarima maydonchasi ichida ham, tashqarisida ham ajoyib sifatga ega.
U juda ko‘p imkoniyatlar yarata oladi.
Mening fikrimcha, u men uchratgan eng yaxshi hujumchilardan biridir", dedi Ederson.