«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin, deb yozadi talkSPORT.
Eslatib o‘tamiz, Reshford «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilmagan edi, shuningdek, bir qator nashrlar uning jamoa bosh murabbiyi Amorim tomonidan sotilish uchun ro‘yxatga kiritilganini xabar qilgan.
Klub uning o‘yin formasi, maydondan tashqaridagi xatti-harakatlari va futbolga bo‘lgan munosabatidan norozi. Jim Retkliff esa futbolchini sotish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani aytilmoqda.
Shu bilan birga, Markusning natijalari va uning katta maoshi futbolchini faqat qishda emas, balki umuman sotishni murakkablashtirmoqda.
Biroq, nashrga ko‘ra, Saudiya klublari yulduzli vingerni o‘z saflariga qo‘shishga tayyor. Xususan, «Al-Ittihod» uning transferi bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganishni boshlagan.