"Barselona" 2025 yilning yozida Erling Xolandni sotib olishga harakat qiladi.
El Chiringuito jurnalisti Jota Jordining yozishicha, klub Robert Levandovskining tig‘iz taqvimda o‘ynashi qiyin bo‘ladi, deb hisoblamoqda - bundan tashqari, klubni so‘nggi o‘yinlarda polyakning formasi xavotirga solmoqda.
Bundan tashqari, “Barselona” 115 ta moliyaviy qoidabuzarlik holatida Xoland “Manchester Siti”ni tark etishga tayyorligini bildirmoqda. Erlingning shartnomasida 2025 yilning yozida ishga tushadigan ozod qilish bandi bor.
Qayd etilishicha, Xoland “Barselona”da o‘ynash istagini bildirgan, klub prezidenti Joan Laporta ham forvardning agenti Rafayela Pimenta bilan yaxshi munosabatda.