"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn umumiy guruh bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdi.
Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi maydonga tushishga yuz foiz tayyor, shuning uchun u "Bavariya"da "RB Leypsig"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak.
Qayd etilishicha, himoyachi Alfonso Devis ham jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazgan, biroq uning uchun mashg‘ulotlar yakuniga yetmagan.
Shunga qaramay, kanadalik keyingi o‘yinda qatnashishi mumkin.