"Monako" himoyachisi Kayo Enrike faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Diario AS xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, yanvar oyida "Monako"ni tark etishni rejalashtirayotgan 27 yoshli braziliyalik futbolchiga kataloniyaliklar klubi qiziqish bildirmoqda.
Ta’kidlanishicha, "Barselona" Enrikeni sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olishi mumkin. Klub futbolchiga qiziqishi haqidagi mish-mishlar 2023 yilda boshlangan.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.