Yevropa Superligasi yangi nom ostida qaytadan boshlanadi. Bu haqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Real Madrid" prezidenti Florentin Peres tomonidan tashkil etilgan turnir endi "Birlashgan liga" deb nomlanadi.
Ta’kidlanishicha, turnirdagi jamoalar to‘rtta divizionga bo‘linadi.
Avvalroq Yevropaning 60ta klubi Superligada ishtirok etishga tayyor ekani xabar qilingandi, biroq ularning nomi oshkor etilmagandi. Ma’lumki, moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirgan "Barselona" turnirda ishtirok etishdan bosh tortmagan.