Kilian Mbappe qit’alararo kubok finalida ishtirok etishga tayyor.
Marca xabariga ko‘ra, "Real" hujumchisi Chempionlar ligasining 6-turida "Atalanta"ga (3:1) qarshi o‘yinda olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.
Bugun Mbappe shifokorlar va murabbiylar shtabi bilan "Pachuka" bilan o‘yindagi ehtimoliy ishtirokini muhokama qildi va fransiyalik futbolchiga ertangi o‘yinda maydonga tushishga ruxsat berildi.
Qayd etilishicha, Mbappening "Real"ning asosiy tarkibida maydonga tushishi istisno etilmagan. Karlo Anchelotti va uning xodimlari o‘yindan oldingi mashg‘ulot natijalariga ko‘ra bir qarorga kelishadi.