"Arsenal"ning chap qanot himoyachisi Yakub Kiver Italiyaning bir qancha top-klublari e’tiborini tortdi. Ayni damda "Napoli" polshalik himoyachining faoliyatini davom ettirish uchun eng real variant deb hisoblanmoqda.
Jurnalist Alfredo Pedullaning so‘zlariga ko‘ra, Milanning "Inter" klubi ham Kiverni sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, biroq ular futbolchini sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berish shartlarini kelishib olmoqchi. "Napoli" futbolchini yanvarda darhol qo‘lga kiritishga tayyor.
Joriy mavsumda Yakub Kiver "kanonirlar" safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi.