Vitor Reis bir muncha vaqtdan beri Yevropa bozorida qiziqish uyg‘otayotgan futbolchi sanaladi. Masalan, «Arsenal» va «Real Madrid» klublari futbolchining holatini allaqachon kuzatib borgan. 18 yoshli iqtidorni «Palmeyras» o‘z safida saqlab qolish juda qiyin bo‘ladi.
«ESPN» xabariga ko‘ra, «Brayton» qishki transfer oynasida yosh himoyachini maqsad qilgan. Ularning taklifi 25 million yevro atrofida bo‘ladi, biroq «Palmeyras» faqat klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng Vitor Reysni sotish bo‘yicha muzokara olib borishi haqida ogohlantirgan. Braziliyaliklar o‘z pozisiyalarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yagona shart bu: agar «Brayton» yoki boshqa jamoa «Estevao darajasida» taklif yuborsa, u «Chelsi»ga 61,5 million yevrogacha bo‘lgan shartnomada sotilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil Vitor Reys 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.