"Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenni Moyze Kin haqida gapirdi. Kinni muxlislar avvalgi o‘yiniga qayta olmayotgani uchun tanqid qilmoqda.
"Moyzening holatidan hayron emasman. Men u bilan Italiya Kubogining so‘nggi o‘yinidan oldin telefonda gaplashdim. Unda barcha kerakli sifatlar bor, ya’ni u hali ham gollarga yuqori instinktini saqlab qolgan, uning kuchi bor, tezligi bor, sifati bor, hamma narsaga qodir.
Unga faqat yuqori ishonch bera oladigan murabbiy kerak. U bunday mavsumni o‘tkazayotganidan umuman hayron emasman. Men unga shu tempda qolishini aytdim, chunki u bunga loyiq", – dedi Makkenni.