“Manchester Siti”ning hujumkor yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne “Manchester Yunayted”ga (1:2) qarshi APL 16-tur uchrashuvida Angliya chempionatidagi klub safidagi 267-uchrashuvini o‘tkazdi.
Manchester derbisidagi mag‘lubiyatga qaramay, bu o‘yin 33 yoshli belgiyalik uchun ahamiyatli bo‘ldi, chunki u Premyer-ligada o‘tkazgan o‘yinlari bo‘yicha klubning kuchli uch o‘yinchisidan biriga aylandi. Kevindan yuqorida faqat "shaharliklar" safida 275ta o‘yin o‘tkazgan Serxio Aguero va 309ta o‘yin o‘tkazgan David Silva turibdi.
Kevin De Bryuyne “Manchester Siti”da 2015 yilning avgustidan buyon to‘p tepmoqda. Bu davrda 33 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 104 ta gol urdi va 171 ta golli uzatmani amalga oshirdi.