“Chelsi” klubi yarim himoyachisi Mixailo Mudrik doping-testi ijobiy natija bergani uchun 4 yilga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.
Mudrik oktyabr oyida doping-testdan ijobiy o‘tgani avvalroq xabar qilingandi. Futbolchining “A” namunasida taqiqlangan modda topildi. “B” namunasi yaqin kunlarda tekshirilishi kutilmoqda.
Mudrik London klubida 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.