«Barselona» qanot vingeri Lamin Yamal 21 yoshiga to‘lguniga qadar qanday sovrinlarni yutmoqchi ekanligini aytdi.
«21 yoshga to‘lgunimga qadar men o‘z mamlakatim Ispaniya bilan jahon chempionatida, «Barselona» bilan Chempionlar ligasida va La Ligada ikki marta g‘alaba qozonishni istayman!», - dedi 17 yoshli futbolchi.
Kecha Yamal «Barsa»ning «Leganes»ga qarshi o‘yinida (0:1) jarohat oldi va 3-4 haftaga safdan chiqdi.