"Shtutgart" o‘zining iqtidorli hujumchisi Jeymi Leveling bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, 23 yoshli germaniyalik futbolchi klub bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga, ya’ni 2029 yilgacha uzaytirishga rozi bo‘lgan. Levelingning shaxsiy shartnoma shartlari yaxshilanadi, bu esa uni kelajakda jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirishi mumkin.
Avvalroq Jeymi Leveling kelasi yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda 23 yoshli Jeymi Leveling “Shtutgart” safida barcha turnirlar doirasida 15 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.