Londonning "Chelsi" klubi yanvar oyidagi transfer oynasidayoq ikki yarim himoyachi uchun boshqa klublarning transfer takliflarini tinglashga tayyor.
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska yanvar oyida Kirnan Dyusberi-Xol va Karni Chukvuyemekani qo‘yib yuborishga tayyor. Ikkala futbolchi ham ijaraga berilishi mumkin.
Ammo “Chelsi” futbolchilarning boshqa klubda o‘yin tajribasiga ega bo‘lishini tejab qololmaydi, chunki asosiy muammo ularning katta maoshi. Shu boisdan "ko‘klar" rahbariyati futbolchilarga pulning ma’lum qismini to‘lashi shart bo‘ladi.