Rimning «Roma» klubi yarim himoyachisi Nikola Zalevski yozda «Galatasaroy» taklifini rad etganini esladi.
«Yozda «Galatasaroy» bilan shartnoma imzolashimga 1 qadam qolgandi, ammo yakunda «Roma»da qolishga qaror qildim. Men bu yerda juda baxtliman», - dedi 22 yoshli polshalik futbolchi.
«Galatasaroy» «Roma» bilan transfer borasida kelishuvga ham erishgandi. Ammo futbolchi qolishga qaror qildi.