Angliya chempionatida o‘ynagan sobiq hujumchi Pavel Pogrebnyak “Manchester Siti”ning bosh murabbiyi Pep Gvardiola haqida gapirdi.
"Ular o‘rtasida nimadir sodir bo‘lmoqda. Men Gvardioladan vaziyatni to‘g‘irlashini juda xohlayman. Bunday maqom va nomga ega bo‘lgan odam Premyer-ligada ishlashi kerak", - deydi Pogrebnyak.
Dam olish kunlari “Manchester Siti” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Gvardiola shogirdlari turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turishibdi.