"Komo" klubi ustozi bo‘lgan ispaniyalik murabbiy Sesk Fabregas Italiya chempionatining 16-turi doirasidagi "Roma" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi.
"Jamoa va shahar bunday oqshomga munosib edi. Kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarda natijaga erishish uchun ulardan ko‘ra ko‘proq o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Biz har hafta shunday muhit yaratishga harakat qilishimiz kerak. Xuddi shunday ruhda davom etishga harakat qilamiz", - dedi Fabregas.
Italiya chempionatining 16-turidan so‘ng "Komo" 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.