"Valyadolid" hujumchisi Mamadu Silla o‘ng son suyagidan jarohat olib, olti haftaga safdan chiqdi.
30 yoshli senegallik futbolchi La Liganing 17-turidan o‘rin olgan "Valensiya"ga (1:0) qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotlarda jarohat olgan edi. Demak, u keyingi yil yanvar oyi o‘rtalarigacha o‘ynay olmaydi.
Joriy mavsumda Silla 13 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.