Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yana bir bor o‘zini to‘purar sifatida ko‘rsatdi. 21 yoshli futbolchi La Liganing ketma-ket olti uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Madrid Universal xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi 72 yil ichida hujumchi bo‘lmagan holda bunday seriyaga erishgan birinchi futbolchidir.
Jud Bellingem ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda jami 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.