«Yuventus» italiyalik chap qanot himoyachisi Andrea Kambyasoga katta umid bog‘lamoqda.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, yozda «Aston Villa» 24 yoshli italiyalik uchun 35 million yevro taklif qilgan, biroq turinliklar sport direktori Krishtianu Juntoli taklifni rad etgan.
«Keksa senyora» futbolchi jamoaning kelajakdagi sardori bo‘lishiga ishonadi.