"Yuventus" sardori Danilo kelajak haqida gapirdi. Futbolchi hozirda turinliklarni tark etish haqida o‘ylamayotganini ta’kidladi.
"Men "Yuventus"ni tark etishni rejalashtirmagandim. Shartnomani bekor qilish niyatim yo‘q edi. Men klubga murojaat qilmadim. Matbuot yolg‘on yozmoqda.
Agar "Yuventus"ning o‘zi men bilan xayrlashmoqchi bo‘lsa, yanvarda ketaman. Har doim jamoaga yordam berishga tayyorman", - deydi Danilo.
"Yuventus" A Seriya jadvalida 16 turdan keyin 28 ochko jamg‘argan.