"Liverpul" o‘z maydonida "Fulxem"ni mag‘lub eta olmadi - o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.
O‘yindan so‘ng “Liverpul” sardori Virjil van Deyk bosh hakam Toni Xarringtonning ishiga izoh berdi.
"Men “Fulxem” futbolchilari bilan gaplashdim va biz hakamning asabiylashganini his qildik. Men u Robertson bilan yaxshi muloqot qila olmasligini his qildim.
Biz hakamni ayblay olmaymiz. Biz hammamiz hakamlarni himoya qilish haqida gapiramiz, lekin men u bilan gaplasha olmadim. Bu katta muammo emas, chunki ochko yo‘qotishimizda uning aybi yo‘q", - dedi Van Deyk Sky Sports nashriga.