Eduardo Iturralde Gonsales Vinisius Junior ishtirokidagi epizodlarga baho berdi.
La Liganing 17-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Real” vingeri dastlab hakamning “Rayo Valyekano” futbolchisini ogohlantirmaganidan norozi bo‘lgani uchun sariq kartochka oldi, oradan ikki daqiqa o‘tib raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi – penalti belgilanmadi. O‘yin 3:3 hisobida yakunlandi.
«Penalti aniq edi, VAR hakamni ogohlantirishi kerak edi. Ammo Vinisius o‘sha vaqtgacha (Xuan Martines Munuyeraning qaroriga qattiq munosabat bildirgani uchun) chetlatilishi kerak edi.
Bellingemning oyog‘i hakamni chalg‘itib qoldi. "Rayo" futbolchisi to‘pni tepmoqchi bo‘ldi, lekin Vinisiusni behosdan yiqitib yubordi", - deya qayd etdi sobiq hakam.