Madridning “Real” klubi hujumchi Endrikni ijaraga berishni rejalashtirmayapti.
18 yoshli futbolchi joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasida 15 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa, atigi bir marta maydonga tushdi.
Mish-mishlar braziliyalikni yaqin orada ijaraga berish bilan bog‘laydi, ammo hozir bunday ssenariyning bo‘lishi dargumon.
Relevo xabariga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan nemis klublari allaqachon yosh forvard uchun taklif bilan chiqishgan - "Real Madrid" ularning har biriga rad javobini bergan.