"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsum davomida shartnomani uzaytirish qarorini noto‘g‘ri deb hisoblamasligini aytdi.
Ispaniyalikning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugashi kerak edi, biroq noyabr oyida tomonlar 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuvni imzoladilar.
"Afsuslar har qachongidan ham kamroq. Agar shunday vaziyatda ketishga qaror qilsam, afsuslangan bo‘lardim. Men xotirjam uxlay olmasdim. Ketganimda hozirgidan ham yomonroq uxlagan bo‘lardim. Meni ishdan bo‘shatishlari mumkin, lekin shunday sharoitda klubdan o‘zim ketishim kerakmi? Hech qachon! Yo‘q, yo‘q, yo‘q," - dedi Gvardiola.