«Bavariya» yarim himoyachisi Joshua Kimmix jamoasining «Mayns»ga (1:2) qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsizligi sabablari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bugun biz hech narsa oson emasligini ko‘rdik. Biz qo‘lga kiritgan ochkolarning hech biri shunchaki omad emas edi. Agar biz xohlagan narsaga erishmoqchi bo‘lsak, ko‘p mehnat qilishimiz kerakligini tushunishimiz kerak.
Biz to‘pga egalik qilishda yomon edik va bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydik, bu esa jarima maydonchamiz atrofida haddan tashqari ko‘p narsa sodir bo‘lganini anglatardi. Endi biz juma kuni «RB Leypsig»ga qarshi o‘yin uchun eng yaxshi formada ekanligimizga ishonch hosil qilishimiz kerak», - deya Kimmix so‘zlarini keltiradi «Bayern & Germany».