Rud van Nistelroy «Lester»da ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
Niderlandiyalik mutaxassis boshchiligidagi «tulkilar» APLning 16-turida «Nyukasl»ga safarda yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bu Van Nistelroyning «Lester» boshqaruvidagi uchinchi o‘yini edi.
«Manchester Yunayted»ning sobiq forvardi va vaqtinchalik murabbiyi dastlabki ikki uchrashuvda «Vest Xem» ustidan g‘alaba qozongan (3:1) va «Brayton» bilan APLda durang o‘ynagan (2:2).