"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik "Betis" bilan o‘yinda (2:2) hakamga e’tiroz bildirgani uchun qizil kartochka oldi va ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. "Leganes"ga qarshi o‘yindan oldin u bu haqida fikr bildirdi.
"Diskvalifikasiyamga kelsak, mening reaksiyam unchalik kuchli bo‘lmagan, deb o‘ylayman. Zaxira o‘rnidig‘iga borib, xodimlar bilan gaplashmoqchi edim. Men har doim jamoamga hakam qaror chiqarganidan keyin bu qarorga shikoyat qilmaslik kerakligini aytib kelaman.
Bu og‘ir zarba, lekin bu qarorni qabul qilishimiz kerak. Balki o‘z xulq-atvorim ustida ishlashim kerakdir. Men bu ligaga endi kelganman va birinchi qizil kartochkamni oldim. Hakamlarning barcha o‘yinlarda va har qanday vaziyatda bir xil qarorlar qabul qilishlarini kutaman. Hakamlar ham o‘z ustida ishlashi mumkin. Biz – insonmiz, va inson xato qiladi.
Men jamoamdan mamnunman, chunki ular norozilik bildirmaydi. Ularning xatti-harakati ajoyib. Men futbolchilar uchun javobgarman va ularning xulq-atvori uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Bizning falsafamiz – qo‘limizdan kelgan ishni qilishdir", - dedi Flik.