"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik "Leganes"ga qarshi o‘yindan oldin jamoadagi jarohatlar bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtaldi.
"Odatda, jarohatdan so‘ng yuqori darajaga qaytish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Ansu jamoa bilan shug‘ullanmoqda. Arauxo o‘ynashga tayyor, bu oldinga qo‘yilgan muhim qadam. U juda yaxshi holatda. Dortmundda bizning jismoniy tayyorgarlik darajamiz yaxshi ekanligini ko‘rsatdik", - dedi Flik.