Teo Ernandes "Milan" safida "Jenoa"ga qarshi o‘yinda zaxirada qoladi.
"Milan" klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka fransiyalik futbolchini A Seriya o‘yinida jamoaning asosiy tarkibiga kiritmasligi kutilmoqda.
O‘yinoldi mashg‘ulot vaqtida 21 yoshli Filippo Terrachiano chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rayotgandi.
Fonseka shuningdek, Davide Bartezagi yoki Aleks Ximenes kabi futbolchilarni maydonga tushirishni ham ko‘rib chiqishi mumkin.
"Srvena Zvezda"ga qarshi (2:1) Chempionlar ligasidagi so‘nggi o‘yindan so‘ng Fonseka jamoaning fidoyiligidan norozi edi.
Teo Ernandes joriy mavsum A Seriyada 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.