"Arsenal" qishki transfer oynasida "Yuventus" va Serbiya terma jamoasi hujumchisi Dushan Vlaxovichni 70 million yevro evaziga sotib olmoqchi.
Futbolchini sotib olishga "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta shaxsan qiziqmoqda. Vaziyatni "PSJ", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari kuzatib borishmoqda.
24 yoshli forvard 2022 yilning yanvar oyida "Fiorentina"dan Turin klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Vlaxovich Chempionlar ligasida 5 ta o‘yinda (4 gol va 1 golli uzatma) va A Seriyada 13 ta o‘yinda (6 ta gol va 1 ta golli uzatma) maydonga tushdi.