"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yanvar oyida transfer bozoriga kirishga tayyorligini tasdiqladi.
"Men o‘z futbolchilarimni maydonga qaytarishni xohlayman. Mavsum boshida bizda bo‘lgan tarkib bilan o‘ynashdan xursand bo‘lardim.
Men har doim yangi o‘yinchilarni emas, hozirgi futbolchilarni xohlashimni aytganman. Lekin ma’lum bir nuqtada, kerakli daqiqada... Ko‘ramiz.
Klubni hisobotni e’lon qilgani bilan tabriklayman, chunki klub barqaror bo‘lishi kerak. Bu bizda kimni xohlayotganimizni sotib olish uchun katta resurslarimiz bor degani emas, ayniqsa transfer bozorining qimmatligini hisobga olsak", - dedi Gvardiola ESPN bilan suhbatda.