"Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni bu mavsumda nimaga erishmoqchi ekanligi haqida gapirdi. Oxirgi mavsumda “neradzurrilar” 20-marta A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi.
"Agar tanlashga to‘g‘ri kelsa, 21-skudetto o‘rniga bu mavsumda Chempionlar ligasining finalini afzal ko‘rgan bo‘lardim. 2023 yilda Istanbulda bizga ozgina omad va tajriba yetishmadi. Endi biz bu darajada o‘ynashga va g‘alaba qozonishga qodir ekanimizni bilamiz", - dedi Bastoni.
Joriy Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining olti turidan so‘ng “Inter” 13 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.