Xosep Gvardiola «Manchester Siti» Rodrini yo‘qotishdan jiddiy zarar ko‘rganini aytishdan charchamayapti.
Ma’lumki, yarim himoyachi sentyabr oyida tizzasidan jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi. Mish-mishlar uzoq vaqtdan beri «shaharliklar»ni «Real Sosyedad» futbolchisi Martin Subimendi bilan bog‘lab keladi. So‘nggi kunlarda matbuotda «Siti» qishda Subimendi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Biroq, «The Telegraph» xabariga ko‘ra, Subimendi Rodri tuzalib ketganidan keyin «Manchester Siti»dagi istiqbolidan xavotirda. Shu sababdan, 25 yoshli futbolchi kelajagi haqida qaror qabul qilishdan oldin yozgacha kutishi mumkin.
«Transfermarkt» portali Martin Subimendini 60 million yevroga baholaydi.