Ispaniyaning nufuzli «Marca» nashri o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida butun dunyodan 122 nafar jurnalist, sobiq murabbiy va futbolchilar o‘rtasida ovoz berish jarayonini o‘tkazdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni 5473 ball to‘plagan «Real Madrid» vingeri Vinisius Junior egalladi. Ikkinchi o‘rinda «qaymoqranglilar»ning hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem (5164 ochko). Kuchli uchlikni «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri yakunlab berdi (4802 ochko).
28 oktyabr kuni yilning eng yaxshi futbolchisiga «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi va uni Rodri qo‘lga kiritdi. Vinisius ikkinchi, Bellingem uchinchi o‘rinni egalladi.