"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola zich taqvim haqida gapirdi.
"Hozir bizda har qachongidan ham ko‘proq o‘yinlar bor. Shunchalik ko‘p o‘yin ko‘plab jarohatlarga olib keladi. Shuning uchun tarkibni 25-30 nafar futbolchiga kengaytirish kerakligi haqida o‘ylay boshladim. Albatta bu klub uchun qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘ladi", dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" ustozi, shuningdek, kelasi mavsum boshidagi ti’giz jadvalga ham e’tibor qaratdi: "Biz yozda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynaymiz, shundan so‘ng darhol Premyer-liganing yangi mavsumi boshlanadi".