"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning joriy mavsumdagi kadrlar muammolari haqida gapirdi.
"Ko‘rib turganingizdek, sabr-toqat bilan vaziyat asta-sekin yaxshilanadi. Alaba qaytishga yaqin qolganidan xursandmiz.
Jamoada rotasiya kam bu haqiqat. Menda o‘yinchilar bo‘lsa rotasiya qila olaman, lekin sizda 14-15 o‘yinchi bo‘lsa, bu juda qiyin. Ba’zi yosh futbolchilarni jamoa yomon ishlayotgan paytda olib kelish foyda keltirmaydi. Endrik haqida ko‘p gapiriladi, men unga daqiqalar bermayman, bla bla bla, lekin u moslashishi va o‘rganishi kerak bo‘lgan juda yosh futbolchi. Unga ko‘p vaqt berish samarasiz bo‘lishi mumkin. Bu yordam bermasligi mumkin, balki zarar yetkazishi mumkin", - dedi Anchelotti jurnalistlarga.
Shanba kuni "Real Madrid" La Ligada "Rayo Valyekano" bilan o‘ynaydi.