"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappening ushbu mavsumda tez-tez duch keladigan sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi savolga javob berdi.
"Buni aytish men uchun qiyin, juda qiyin. So‘nggi ikki tanaffusda shu yerda qoldi, yaxshi ishladi va dam oldi. So‘nggi paytlarda uning o‘yini sezilarli darajada yaxshilangani aniq edi. Yaxshiyamki, bu uzoq muddatli jarohat emas. Shunday ekan, u o‘zining sport ritmini yo‘qotmaydi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
14 dekabr, shanba kuni “Real” Ispaniya chempionati doirasida safarda “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mbappe belidagi muammolar tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq.