Ruben Amorimning aytishicha, "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ni mag‘lub etishga harakat qiladi.
15 dekabr kuni APLning 16-turi doirasidagi Manchester derbisi bo‘lib o‘tadi.
"Bu juda yaxshi raqibga qarshi navbatdagi o‘yin. Ikkala jamoa ham kurashmoqda, shuning uchun umid qilamanki, biz yo‘lda haqiqiy derbini tatib ko‘ra olamiz.
Bu muxlislar uchun muhim o‘yin ekanini bilaman, ammo mening vazifam endi jamoa o‘yinini yaxshilash va o‘yinlarda g‘alaba qozonishdir. Biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Raqiblar hozir o‘yinni tushunish, uslub va o‘ziga bo‘lgan ishonch bo‘yicha bizdan yaxshiroq ahvolda.
Shunday ekan, jamoamiz ko‘p jihatlarga e’tibor qaratishi kerak. Albatta, strategiyamiz bor va biz o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim.