«Barselona»da jarohatlanganlar soni yanada kamaymoqda.
«Marca» nashri xabariga ko‘ra, klubning bugungi umumiy guruh mashg‘ulotlarining bir qismida hujumchi Ansu Fati va himoyachi Andreas Kristensen ishtirok etgan.
Ular aynan qaysi o‘yinga tayyor bo‘lishi haqida ma’lumot yo‘q. Jamoa yakshanba kuni La Ligada «Leganes»ni qabul qiladi.