"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti braziliyalik vinger Vinisius haqida gapirdi. Italiyalik futbolchini hali ham dunyoning eng yaxshisi deb bilishini ta’kidladi.
"Biz uchun Vinisius dunyodagi eng yaxshisi bo‘lishda davom etmoqda. U doimo u yerda katta kamtarlik bilan bo‘ladi, bu o‘z saviyasidagi futbolchi uchun odatiy hol emas. Ammo uning darajasi bizni ajablantirmaydi", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.
Vinisius joriy mavsumda “Real” safida barcha turnirlarda 19 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda u 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.