"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford yaqin vaqt ichida klubini o‘zgartirishi mumkin. 27 yoshli britaniyalik futbolchiga Yevropa gigantlari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlariga ko‘ra, Reshford uchun "Barselona", "PSJ" va "Bavariya" da’vogarlik qilmoqda. Markusga asosiy da’vogar Kataloniya klubi hisoblanadi. "Blaugrana" uni keyingi yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ular tranzaksiya summasi 40 million yevro atrofida bo‘lishini kutishmoqda.
Avvalroq OAVda "MYU" Reshford orqali kamida 45-50 million yevro ishlab olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.