"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperinidan "Oltin to‘p" uchun kimga ovoz berishini so‘rashdi.
"Men "Oltin to‘p" uchun o‘z ovozimni Ademola Lukmanga beraman.
Uning sehrli mahorati bizga Yevropa ligasida g‘alaba qozonishimizga yordam berdi", - dedi Gasperini.
Lukman Yevropa ligasi finalida "Bayer" darvozasiga 3 ta to‘p kiritgandi.