"Al-Hilol"ning braziliyalik vingeri Neymar 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etishni istayotganini tan oldi.
"Hech shubha yo‘qki, jahon chempionati har bir futbolchining maqsadi. Men turnirda uch marta ishtirok etganman, lekin u yerda to‘rtinchi bor o‘ynashni xohlayman", - dedi Neymar RMC Sport bilan suhbatda.
Braziliyalik futbolchi bor e’tiborini o‘z maqsadiga qaratishi va jahon chempionatiga yaxshi formada yondashishi kerakligini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, navbatdagi jahon chempionati bir vaqtning o‘zida uchta davlatda – AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
32 yoshli Neymar Braziliya terma jamoasi safida 128 ta o‘yin o‘tkazib, 79 ta gol urgan va 59 ta golli uzatmani amalga oshirgan.